Jastin Getji Iliya Topuriyaga qarshi g'alaba formulasini aytdi
Vaqtinchalik UFC chempioni Jastin G’etji amaldagi chempion Iliya Topuriya bilan jangdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
"Bilaman, Topuriya juda kuchli. Biroq ikkimzning ham jang olib borish uslubimiz har xil. Uniki ko‘proq boksga asoslangan. Shuning uchun juda ehtiyot bo‘lishim kerak. O‘ylashimcha, pozitsiyani to‘g‘ri tanlash bu bahsda hal qiluvchi omil bo‘ladi. Agar masofani ushlab, oyoq zarbalarini ham o‘tkazib yubormasam, g‘alaba qozonish imkoniyatim ancha oshadi", - dedi amerikalik.
Eslatib o‘tamiz, G’etji va Topuriya to‘qnashuvi 14 iyun kuni "UFC White House" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar