Jastin Getji: "Iliya Topuriyaga qarshi jangda nimalarga qodirligimni ko‘rsataman"

  • 27.04.2026 14:04
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik MMA ustasi Justin Getji amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriyaga qarshi jang haqida gapirdi.

"Bu lahzaning naqadar muhimligini tushunaman. Oq Uy maysazorida, bunday tomoshabinlar oldida jang qilish aql bovar qilmaydigan jarayon. Qo‘shma Shtatlar vakili ekanimdan faxrlanaman, bunga shubha yo‘q. Har safar oktagonga qadam qo‘yganimda, bu tuyg‘uni his qilaman. Faoliyatim yakunida esa muxlislar uchun qila oladigan eng yaxshi ishim - Iliyaga qarshi to‘qnashuvda nimlarga qodirligimni ko‘rsatish!" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".

Eslatib o‘tamiz, Getji va Topuriya qarama-qarshiligi 14 iyun kuni "UFC White House" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!