Jastin G’etji yil oxirida faoliyatidagi eng muhim qarorlardan birini qabul qilmoqchi

  • 29.08.2026 22:18
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Justin Getji kelgusi faoliyati haqida gapirdi.

"Oxirgi jangdan keyin ikki qo‘lim haligacha jarohatdan to‘liq tuzalgani yo‘q. Tizzalarim ham og‘riyapti. Shuning uchun yil oxirigacha chempionlik maqomimdan bahra olishni rejalashtirganman, chunki 2026 yilning ilk olti oyidayoq ikki marta oktagonga chiqdim. Endi oilam, menga yaqin va ishonadigan odamlarim bilan o‘tirib maslahatlashaman va keyin faoliyatimdagi muhim qarorlardan birini qabul qilaman", — dedi Justin.

Eslatib o‘tamiz, Getji "UFC White House" turnirida Iliya Topuriyani muddatdan avval mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!