
Jasur Abduraimov: Futbolda omad ham muhim rol o‘ynaydi
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Metallurg" uchrashuvi mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anmumanining ilk qismida bekobodliklar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov bahs xususidagi fikrlari bilan bo‘lishdi:
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Maydonda taktik qarama-qarshilik guvohi bo‘ldik. Bugun birinchi gol urgan jamoa g‘alaba qozonish ehtimoli katta edi. O‘yinimizni qurishda davom etyapmiz. Bugun omad ham keldi. Lobanov bir nechta vaziyatda jamoamizni qutqardi. Futbolda omad ham muhim rol o‘ynaydi.
Ikkita hujumchi bilan dastlabki daqiqalardan o‘ynamaganimizning sababi ularning himoyada yordam bera olmasligi. Uchrashuv yakunida Nagaevni maydonga tashladik. Boisi, "Qo‘qon-1912"ning hujumlari kuchaya boshladi va to‘pni jarima maydonimizdan uzoqda saqlamoqchi bo‘ldik", - dedi Abduraimov.
Fikrlar