Jasur Abduraimov: "Terma jamoamizni yo o‘zbek murabbiyi boshqarsin yoki top murabbiy!"
Hozirgi paytda milliy terma jamoamiz muhokama mavzusiga aylangan. Toshkentda KAFA musobaqasi boshlangan va bundan tashqari, bosh murabbiylik masalasi kun tartibida turibdi.
Timur Kapadze joyida qolishi kerak yoki chetdan kuchli mutaxassis jalb qilish lozim, kabi savollar, fikrlar keng muhokama qilinyapti.
Terma jamoamiz esa KAFAni Ummonga qarshi uchrashuv bilan boshlab durang qayd etdi.
Jasur Abduraimov esa yuoqridagi masalalar bo‘yicha Sports.uzga intervyu berdi.
- Terma jamoamizning Ummonga qarshi o‘yini xususida fikringiz qanday?
- O‘yin menga yoqmadi. Ummon yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Zamonaviy futbolga moslashishyapti. Bizda xavfli vaziyatlar kam bo‘ldi. Ummon termasini o‘yini yoqdi. Yaxshi hujumchi bo‘lsa 2-3 ta gol uradi. Terma jamoamizning o‘yini yoqqani yo‘q.
- Ushbu uchrashuvda tarkibda rotatsiyaga qo‘l urildi. Bu borada nima degan bo‘lardingiz?
- Tarkib yaxshi. Ha, 5-6 nafar legionerlarimiz o‘ynashmadi, ular etakchilarimiz. Lekin tarkibimiz yomon emas. Men ham tushunaman, Timur Kapadzega hozir ruhiy taraflama ham qiyin. Yangi murabbiylar kelishi borasida mish-mishlar bo‘lyapti. O‘ziga ham, futbolchilarga ham qiyin. Qanday “nastroy” qilish borasida ham ruhiy tomondan oson emas. O‘zimizda o‘ynayapmiz, o‘ynash kerak. Menga nimasi yoqmadi? Nazoratni qo‘lga olish kerak, imkoniyatlar kam bo‘lyapti, ko‘proq oldinga harakat qilish lozim. Murabbiyga hozirgi vaziyatda juda qiyin.
- Sizningcha, terma jamoa bosh murabbiyligini mahalliy murabbiyga topshirish kerakmi yoki xorijlikkami?
- Bu juda qiyin masala. O‘ylashimcha, Timurga imkoniyat berish kerak. O‘zbek murabbiyi sifatida aytishim mumkinki, o‘zimizni murabbiyga ishonib topshirish kerak.
- Paulo Bentu variantiga sizni qarashlaringiz kerak? Agar chetdan mutaxassis kelsa, bizga aynan qanday murabbiy zarur
- Kelsa top murabbiy kelsin, Karlush Keyrushga o‘xshagan murabbiy. Bizni futbolga moslashadigan murabbiy bo‘lishi lozim. Keyrush Ummonni boshqaryapti, bizga ham aynan shunga o‘xshash mutaxassis kelsa zo‘r bo‘lardi. Bentu? Portugaliyada ishlagan. Balki yaxshi murabbiydir, ammo vaqt ko‘rsatadi. Terma jamoamizni yo o‘zbek murabbiyi boshqarsin yo top murabbiy! O‘yinlari va natijalari bilan ishini ko‘rsata olgan top murabbiy bo‘lsa yaxshi, o‘rtacha murabbiy kerak emas. Top murabbiy kelsa biz ham nimadir o‘rganardik.
Fikrlar
факат Темур хали топ мураббий эмас,
тугри келажаги порлок йигит, лекин келажаги, хозири эмас!
Жасур ни узи хам термани эплай олади ёки янада буюкрок тренер келиши керак, иложи булса Бентудан буюкрок!
топ мураббийдан бизникилар хам урганади.