
Jasur Hasanov jonli efirdagi hunuk hatti-harakati sabab bir oylik ish haqining teng yarmidan ayrildi
O‘zPFL AGMK — “Qo‘qon-1912” o‘yinining 84-daqiqasidagi mazkur holat yuzasidan AGMK klubini jiddiy ogohlantirdi. Boisi, har bir klub reglamentga ko‘ra o‘z ishchi-xodimlari, murabbiylari va futbolchilari uchun javobgardir. Hasanovning hatti-harakati o‘yin vaqtida bo‘lganida yoki bevosita muxlislar, futbolchilar, hakamlarga nisbatan ko‘rsatilganida, mazkur ish Tartib-intizom yoki Etika qo‘mitasiga oshirilishi mumkin edi.
Shuningdek, O‘zPFL xatidan so‘ng AGMK futbol klubida ham ichki yig‘ilish o‘tkazilgan va unda Jasur Hasanov masalasi ko‘tarilgan. Klub rahbariyati bu borada futbolchi bilan tushuntirish ishlarini olib borgan. Hasanovning o‘zi esa o‘sha kungi holat uchun barchadan uzr so‘ragan. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Vaziyatdan kelib chiqib, AGMK futbol klubi Hasanovning bir oylik ish haqidan yarmisini ushlab qoladigan bo‘ldi. Mazkur pulga bolalar uchun to‘plar xarid qilinib, ular futbol maktablariga, Olmaliq tumanidagi mahallalarga beriladigan bo‘ldi.
Fikrlar