Jasur Jaloliddinovga BAA va Ispaniyadan taklif bo‘lgani, nima uchun agenti bilan shartnomani bekor qilgani haqida

  • 26 avgust, 2021, 12:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer oynasida Toshkentning "Lokomotiv" klubi "Andijon"dan yosh iqtidorli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Jasur mavsum boshida RPLdagi ishlari yurishmagach, andijonliklar bilan shartnoma imzolagan edi. Futbolchi Sports.uz sayti "Gapiraman" loyihasi mehmoni bo‘ldi va "Andijon"ga o‘tish oldidan unga BAA va Ispaniya klublaridan taklif bo‘lganligini aytdi.

Tecno

"Menda o‘sha vaqtlari "Lokomotiv"da qolish imkoniyati ham bo‘lgan. Qolsam nima bo‘ladi, ketsam nima bo‘ladi, deb agentlarimdan so‘radim. Ular tushuntirishdi va ketishga qaror qildik. Agentlarim menga keyingi qadamimiz zo‘r bo‘lishiga ishontirdi.

Keyinchalik seni "Al-Ayn"ga olib boramiz deyishdi. Xo‘p, dedim va kutdim. Sen Shayxga yoqding lekin murabbiy xohlamayapti. Sabibi, o‘yin amaliyotisiz qolib ketgansan, tayyor emassan, deb aytishdi. O‘shandan keyin seni Ispaniyaga olib boramiz, dedi. 4 oy Ispaniyada o‘ynab, keyin "Al-Aynga" o‘tishim kerak edi. Shundan so‘ng agentlarimga ishonmay qo‘ydim", - deydi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!