Jasur Yaxshiboev "Oltin to‘p" kimga nasib etishi borasida o‘z taxminini bildirdi
Bir necha kun avval Moldovaning "Sherif" klubi a’zosi Jasur Yaxshiboev "Futbol" telekanalidagi "Offside" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi bu yilgi "Oltin to‘p" kimga nasib etishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Hozirgi futbolda birinchi o‘rinda statistikaga qaraladi. Masalan, Messi terma jamoalar miqyosida Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. Eng yaxshi to‘purar, eng yaxshi assistentga aylandi. "Barselona" safida La Liga to‘purari bo‘ldi... Aytmoqchimanki, raqamlarga e’tiborga olinadi. Leo ayni paytda Ronalduga qaraganda favorit, - dedi Jasur Yaxshiboev.
Bugun "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Taqdirlash marosimi Toshkent vaqti bilan 00:30da Parijdagi "Shatle" teatrida boshlanadi. Sovrinning amaldagi sohibi Lionel Messi. U 2019 yili "Oltin to‘p"ga ega chiqqandi. 2020 yilda esa tashkilotchilar koronavirus pandemiyasi sabab sovrinni hech kimga topshirmaslikka qaror qilgandi.
Jasur Yaxshiboevga Portugaliyaning nomdor jamoasidan taklif bor. Xaridor kuchli uchlikda yuradi!




Fikrlar