
Jasur Yaxshiboev Polsha klubida ham avvalgi vazifasini bajaradi
Bir necha kun avval Jasur Yaxshiboev "Legiya" klubiga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor, albatta. Hamyurtimiz yangi jamoasining umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Yaxshiboev Belarus chempionatida bo‘lgani kabi qanotlarda va hujumda harakat qiladigan ko‘rinadi. Chunki "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi mashg‘ulotlarda shu pozitsiyada harakat qildi va yaqin masofadan darvozaga zarba berishni mashq qilmoqda.
Belarusdagi kabi harakatlari sabab "Legiya" ustozi uni jamoaga taklif qilgani hamda huddi shu ishni Polshada bajarishini kutmoqda.
Fikrlar