Jasur Yaxshiboev yangi jamoasining umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi (Foto)
Jasur Yaxshiboev 13 fevral kuni Polshaning etakchi klublaridan biri “Legiya” bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma tuzgandi. Hamyurtimiz kecha yakka tartibda shug‘ullanishni boshladi.
Bugundan esa, "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Yaxshiboev "Legiya" jamoasi umumiy guruhiga qo‘shildi va asosiy tarkib bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi.

“Legiya” Polshaning amaldagi chempioni hisoblanadi. 1916 yilda tuzilgan ushbu klub 14 marotaba mamlakat chempionati g‘olibi, o‘n uch bor kumush va o‘n to‘rt marotaba bronza medalga ega chiqqan. Jamoa Polshaning ichki musobaqalarida jami 37 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar