Javlonbek Yo‘ldoshev: "Germaniyalik menejer bilan shartnoma tuzdim. Biroq, havaskorda ham qiladigan ishim bor!"

  • 14 sentabr, 2023, 12:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bokschimiz Javlon Yo‘ldoshev ayni vaqtda Turkiyada bo‘lib turibdi va mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Xabaringiz bor, Javlonbek havaskor boksda, yoshlar, U 22 toifada Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan. -67 kg vaznda kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘lgandi. Xullas, havaskor yo‘nalishda anchagina salmoqli nataijalar qayd etgan.

Tecno

Biz Javlonbek bilan bog‘lanib, uning Istanbulda mashg‘ulot o‘tkazayotganini sababi bilan qiziqdik...

- Javlonbek Turkiyada mashg‘ulot olib borayotganingizga qaraganda, qandaydir yangilik borga o‘xshaydi?

- Ha hozirda Turkiyaning Istanbul shahrida, RRG Boxing klubida mashg‘ulotlar olib bormoqdaman. Professional boksdagi faoliyatimni boshlash niyatidaman. Bu boradagi dastlabki qadamlar tashlandi. Ya’ni, kelib chiqishi turk bo‘lgan, germaniyalik Fexmiy Bayram bilan menejerlik shartnomasini tuzdim.

- Nechta jangga tuzildi?

- Shartnoma to‘rtta jangga tuzildi. Natijaga qarab, yana uzaytiriladi. Uning aytishi bo‘yicha, agar ushbu 4 ta jangni ham g‘alaba bilan yakunlasam, 5 -jangdan chempionlik janglari bo‘lmasa ham, jiddiy promouterlik kompaniyalar bilan ishlab, yaxshi janglar tashkil qilishini aytdi.

- Menejeringizni ba’zasi Turkiyada joylashagan ekanmi?

- Yo‘q. hozircha viza masalasi hal bo‘lishini kutyapmiz. Viza chiqishi bilan Germaniyaga ketamiz va o‘sha erda mashg‘ulotlar olib boramiz. Nasib qilsa, tez orada dastlabki jangimni ham o‘tkazaman.

- Qaysi vazn toifasida faoliyat olib bormoqchisiz?

-66 kgda harakat qilmoqchiman. Menejerim 63,5 ga vazn qilishimni xohlayapti. Ko‘ramiz vaziyatga qarab tanlaymizda. Balki dastlabki janglarimni 66 da o‘tkazib, keyin 63,5 ga tusharman. Baribir menejerlar hal qiladi.

Havaskor boksni butunlay tark etish niyatidamisiz?

- Yo‘q. Albatta, bu yo‘nalishda ham hali qiladigan ishlarim bor. 

- Unda omad tilaymiz!

Rahmat.

javaa_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!