Javohir Sindarov: "Uch oy toʻxtamasdan oʻynadim"
Xabaringiz bor, 28 martdan 16 aprelga qadar shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turnir bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada qatnashadigan hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqa oldidan fikrlarini bildirdi.
Bu musobaqaga tayyorgarlikni o‘tashga yordam beradimi?
"Balki, ha. O‘ylaymanki, ba'zida yutqazish ham foydali. Chunki o‘tgan hafta umuman shaxmat bilan ishlamadim. Hatto partiyalarni ham ko‘rmadim. Endi jiddiy tayyorgarlikka qaytishim kerak.
Uch oy to‘xtamasdan o‘ynadim. Hammasi juda yaxshi ketdi. Klassikada ham, rapid va blitsda ham reytingim oshdi.
O‘ylab qoldimki, juda kuchli o‘yinchiga aylanganman. Keyin esa hamma meni yenga boshladi. Shunda yana ishlashga motivatsiya paydo bo‘ldi.
Nomzodlar turniriga tayyor bo‘lib qaytasizmi?
Umid qilaman.
Fikrlar