Asosiy mazmunga oʻtish

Javohir Sindorov 425 ming dollar uchun o‘ynaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Eng zo‘r to‘rt shaxmatchi to‘qnashadi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov jahon chempioni unvoni uchun bo‘ladigan hal qiluvchi bahs oldidan AQShning Sent-Luis shahrida o‘tadigan Clutch Chess: Champions Showdown turnirida ishtirok etadi. 

Bu haqida ChessBase manbasi xabar berdi.

Musobaqa 27–29 oktyabr kunlari o‘tkaziladi. Sindorovga raqib sifatida AQSh shaxmatchilari Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana, shuningdek, Hindiston vakili Pragnanandha Rameshbabu dona suradi. 

Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 425 ming dollar etib belgilangan. Har bir ishtirokchi tezkor shaxmat bo‘yicha 18 ta partiya o‘ynaydi. 

Musobaqaning o‘ziga xos jihati – ochko berish tizimi: har bir navbatdagi o‘yin kunida g‘alabaning qiymati oshib boradi. Shu tariqa, musobaqa so‘nggi bosqichiga kelib, ortda qolgan shaxmatchilar ham natijani keskin o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Javohir Sindorov jahon shaxmat toji uchun amaldagi chempion, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan to‘qnash keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q