JBKA prezidenti Azizbek G‘aniev Boshqirdiston respublikasining oliy mukofoti - "Xalqlar do‘stligi" ordeni bilan mukofotlandi

CHERY AUTO

Ayni paytda Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur jahon chempionati oldidan kecha 25 avgust kuni dastlab ochilish marosimi tashkil etildi. E’tiborlisi, ushbu marosimda rasmiy mehmon sifatida taklif etilgan hamyurtimiz, jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G‘aniev O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni, xususan, belbog‘li kurashni keng rivojlantirishga qo‘shgan alohida hissasi uchun Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov tomonidan "Xalqlar do‘stligi" ("Xalitar dusligi") oliy ordeni bilan mukofotlandi.

Tecno

ents

nve
JBKA prezidenti Azizbek G‘anievga ushbu yuksak mukofot- oliy ordenni Boshqirdiston Respublikasi bosh vaziri Andrey Nazarov tantanali tarzda topshirdi.
JBKA prezidenti ushbu yuksak mukofotni nafaqat o‘ziga, balki barcha JBKA jamoasi a’zolariga topshirilgan mukofot sifatida qabul qilishini ta’kidlab, Boshqirdiston Respublikasi tomonidan bildirilgan ushbu e’tibor va hurmat uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi hamda kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida samarali xizmat qilishini ta’kidladi.

nolq
Shuningdek, marosimda ishtirok etgan Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi raisi Mo‘min Muratov hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirovlar ham Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri R. Xabibovning buyrug‘iga asosan "Boshqirdiston Respublikasida sportni rivojlantirishda qo‘shgan hissasi uchun" ko‘krak nishonlari bilan mukofotlanishdi.
Shu o‘rinda yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lgan hamyurtlarimizni tabriklaymiz.


oaekrqke

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!