
JCh-2022. Angliya so‘nggi turda yirik hisobda g‘alaba qozondi, Reshforddan dubl
Jahon chempionati 3-turi doirasidagi Uels - Angliya uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda nominal mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.
Birinchi bo‘limda tomonlar darvozalarga yo‘l topa olmadi, ammo ikkinchi taym boshida "uch sherlar" Reshfordning jarimadan yo‘llagan zarbasi evaziga hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Fil Foden oradagi farqni oshirdi. Markusning o‘zi 68-daqiqada dublni rasmiylashtirib, inglizlarga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, Sautgeyt shogirdlari ochkolari sonini 7 taga etkazib oldi va peshqadam sifatida pley-offga yo‘l oldi. So‘nggi pog‘onadagi Uels 1 ochko jamg‘argan.
Fikrlar