JCh-2022 chiptalari narxi e’lon qilindi

  • 19.01.2022 17:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

FIFA 2022 yil noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati chiptalarini sotishning dastlabki bosqichini boshladi.

Chiptalar sotuvining birinchi bosqichi 8 fevralga qadar davom etadi. Chiptalar 4 toifaga bo‘lingan: bitta o‘yin uchun, ma’lum bir jamoaning o‘yinlari uchun, 4 xil stadiondagi o‘yinlar uchun va nogironlar uchun.

Guruh bosqichidagi chiptalar narxi Qatar fuqarosi bo‘lmagan yoki mahalliy aholi bo‘lmagan shaxslar uchun 250 dan 800 Qatar rialgacha (69 dan 220 dollargacha), Qatar fuqarolari va mahalliy aholi uchun 40 riyal (11 dollar)ni tashkil qiladi. Mahalliy muxlislar jahon chempionati finaliga 750 rial (206 dollar) to‘lab, chet eldan kelgan muxlislar esa 2200 dan 5850 rialgacha (604 dan 1,6 ming dollargacha) to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Qayd etilish lozimki, Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionati chiptalari 1986 yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan beri eng arzoni hisoblandi.

Chiptalarni sotishning ikkinchi bosqichi 1 apreldan boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!