JCh-2022. Messi Maradonaning rekordini yangiladi

  • 01.12.2022 19:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati 3-turida Argentina Polshani 2:0 hisobida mag‘lub etib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.

Mazkur bellashuvda janubiy amerikaliklar sardori Lionel Messi o‘zining faol harakatlari bilan ajralib turdi va rekord qo‘ydi. Gap shundaki, u mundial bir o‘yinida 5 tadan ko‘proq dribling qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

Levandovski va uning jamoadoshlari mag‘lub etilgan bellashuvda Messi 35 yoshu 159 kunlik edi. Bungacha eng zo‘r natija "albiseleste"ning boshqa bir afsonasi Diego Maradonaga tegishli edi.

Argentina endi 1/8 final bosqichida Avstraliyani sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!