JCh-2022. Messi: "Penaltidan gol ura olmaganim uchun jahlim chiqdi"

  • 01.12.2022 16:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Argentina - Polsha uchrashuvidan (2:0) so‘ng "albiseleste" sardori Lionel Messi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Penaltidan gol ura olmaganim uchun jahlim chiqdi, ammo mening xatoimdan keyin jamoa kuchliroq o‘ynadi. Hisobni ochib olganimizdan so‘ng o‘yin o‘zgarishini bilardik.

Bizni Avstraliyaga qarshi qiyin bellashuv kutmoqda. Istalgan jamoa xohlagan raqibni mag‘lub etishi mumkin, imkoniyatlar teng. Biz o‘yinga imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim.

Xotirjamlikni saqlalishimiz lozim. Umid qilamanki, biz bugun amalga oshirgan ishlarimizni davom ettiramiz",-dedi 34 yoshli futbolchi.

Ma’lumot uchun, Leoning 39-daqiqada 11 metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasini raqib posboni qaytardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!