JCh-2022 saralashi. Xames ham yordam bera olmadi. Kolumbiya JChda ishtirok etmaydi

JCh-2022 Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Venesuela - Kolumbiya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yindagi yagona golni Xames Rodriges penaltidan unumli foydalanib,  o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi. Mezbonlar gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.

Mazkur natijadan so‘ng Kolumbiyaning ochkolari soni 23 taga etdi. Jamoa 6-o‘rinni egalagani bois mundial yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Venesuela hisobida 10 ochko mavjud bo‘lib, ushbu terma so‘nggi pog‘onani band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!