JCh-2022. Shchesni: "Barcha davrlarning eng kuchli futbolchisining penaltisini qaytarish yoqimli"

  • 1 dekabr, 2022, 18:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 3-turi doirasidagi Argentina - Polsha uchrashuvida evropaliklar darvozaboni Voytsex Shchesni Messining penaltidan bergan zarbasini qaytardi.

Tecno

35-daqiqada bosh hakam videotakrorlarni tomosha qilib, Polsha posboni qo‘llari bilan zarba berib yuborgani uchun uning darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Nuqtaga Leoning o‘zi yaqinlashdi va kuchli zarba berdi, Shchesni vaziyat qahramoni. "Yuve" vakili ushbu holat haqida fikr bildirdi:

"Barcha davrlarning eng kuchli futbolchisining penaltisini qaytarish yoqimli. Ayniqsa, buni Jahon chempionatida amalga oshirish har bir darvozabon uchun eng yaxshi tuyg‘udir. O‘zimni juda ajoyib his qilyapman".

Eslatib o‘tamiz, Voytsex Saudiya Arabistoniga qarshi bellashuvda ham 11 metrlik nuqtadan yo‘llangan zarbani zararsizlantirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!