
JCh-2022 va Evropa ligasida porlagan darvozabonning xaridori ko‘paydi
"Inter" "Sevilya" darvozaboni Yasin Bununi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. AS nashrining xabar berishicha, milanliklar 38 yoshli Samir Xandanovichga o‘rinbosar qidirmoqda va allaqachon bu o‘ringa Marokash terma jamoasi darvozabonini olib kelish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborishgan.
JCh-2022 dagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng qishda Bunuga "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildirgan edi. Unga Premer-ligadan shuningdek "Aston Villa" qiziqib qolgan. Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi Yasinga o‘z taklifini yuborgan.
O‘z navbatida "Sevilya" Bununing transferidan 20-25 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Yasin Bunu joriy mavsum La Ligada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar