JCh-2022ga qur’a tashlash marosimini SPORTS.uz saytida jonli efirda tomosha qiling (Video)

  • 17 iyul, 2019, 14:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Jami 40 ta yurt terma jamoalari saralashdagi o‘z raqiblari nomini bilib oladi. Birinchi saralash bosqichida zafar quchgan 6 ta terma jamoa ushbu ikkinchi bosqichga avtomatik tarzda yo‘l olgan 34 ta yurt termalari bilan birgalikda jami 5 ta savatga ajratib chiqilgan. Natijada har bir guruhda 5 tadan ishtirokchi bo‘ladi va guruhlar soni 8 tani tashkil etadi. Saralash bahslari yakunida guruhda 1-o‘rinni band etadigan 8 ta terma jamoa va 2-o‘rin sohiblari ichidagi eng yaxshi natijaga ega yana 4 ta terma jamoa Osiyo kubogi-2023 final bosqichiga yo‘l olish bilan birgalikda Jahon chempionati-2022 saralashining ham yakuniy hal qiluvchi bosqichi yo‘llanmasini rasmiylashtiradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-savatdan o‘rin olgan. 

Quyida jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
17/07/2019 13:07
ким билан ўйнаркинмиз