"JCh-2026" arafasida yana bir Osiyo qit’asidan bo‘lgan terma jamoaning murabbiyi ishdan bo‘shatildi

  • 18.04.2026 00:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik mutaxassis Erve Renar so‘nggi nazorat uchrashuvlaridagi omadsiz natijalardan so‘ng Saudiya Arabistoni milliy jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi.

RMC Sport nashri xabariga ko‘ra, shartnomani bekor qilish qarori mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan "JCH-2026" final bosqichi start olishidan ikki oyga ham yetmay qabul qilingan.

Kadrlar bo‘yicha o‘zgarishlarga jamoaning so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalari sabab bo‘lgan. Mart oyidagi tayyorgarlik yig‘ini doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi ketma-ket uchta mag‘lubiyatga uchradi: Misrdan (0:4), Jazoirdan (0:2) va Serbiyadan (1:2). Ushbu bahslar jahon chempionati uchun yakuniy ro‘yxat e’lon qilinishi oldidan o‘tkazilgan sinov o‘yinlari edi.

Ma’lumot uchun, mundialning "H" guruhida Ispaniya, Urugvay va Kabo-Verde jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Jamoaga yangi bosh murabbiy kim bo‘lishi yaqin vaqt ichida ma’lum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!