"JCh-2026". Braziliya Gaitini yirik hisobda mag‘lub etib, guruhda peshqadamga aylandi
2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Braziliya terma jamoasi Gaiti ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda hisob 24-daqiqada ochildi. Mateus Kunya qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi.
36-daqiqada hujumchi o‘z hisobidagi ikkinchi golni ham kiritib, dubly muallifiga aylandi.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda esa Vinisius birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa, Braziliya ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, guruhdagi o‘z imkoniyatlarini yanada yaxshilab oldi.
- World - Jahon chempionati
- Guruh bosqichi
Braziliya
- Matheus Cunha 23'
- Matheus Cunha 36'
- Vinicius Junior 45'
Tugadi
3
:
0
05:30

Fikrlar