"JCh-2026": "K" guruhida 1-tur yakunlandi
AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari davom etmoqda. Bugun "K" guruhidan o‘rin olgan 1-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Unga ko‘ra, Portugaliya DR Kongo bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, Kolumbiya mundialdagi ilk uchrashuvini o‘tkazgan O‘zbekistonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, 3 ochko jamg‘argan Kolumbiya terma jamoasi guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarni esa bir ochkodan to‘plagan Portugaliya va DR Kongo egallab turibdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa birinchi turdan so‘ng ochkosiz qolib, guruhning 4-o‘rini band etgan.


Fikrlar