"JCh-2026": Marokash penaltilar seriyasida Niderlandiyani mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi
AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining 1/16 final bosqich o‘yinlari davom etmoqda. Mazkur bosqich doirasida Niderlandiya va Marokash terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab, uchrashuvning 72-daqiqasida Kodi Gakpo hisobni ochgan bo‘lsa, 90+1-daqiqada Issa Diop muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Penaltilar seriyasida esa Marokash futbolchilari aniqroq harakat qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Valid Regragi shogirdlari nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
- World - Jahon chempionati
- Round of 32
Niderlandiya
- Cody Gakpo 72'
P.S.
1
:
1
30.06.2026 06:00
Marokash
- Issa Diop 90'

Fikrlar