"JCh-2026"ning eng yaxshi oʻyinchilari reytingi yangilandi
The Athletic nashri 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan eng kuchli futbolchilarning yangilangan reytingiga oydinlik kiritdi. Ro‘yxatning yuqori qismida jiddiy o‘zgarish kuzatilmadi: birinchi o‘rinni yana Lionel Messi egallagan, ikkinchi pog‘onada esa Kilian Mbappe qolgan.
Quyida top-10lik bilan tanishishingiz mumkin. Qavs ichida o‘tgan reytingga nisbatan o‘rinlar o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
1. Lionel Messi (o‘zgarish yo‘q)
2. Kilian Mbappe (o‘zgarish yo‘q)
3. Jud Bellingem (+4 pog‘ona)
4. Harri Keyn (-1 pog‘ona)
5. Erling Xoland (-1 pog‘ona)
6. Maykl Olise (o‘zgarish yo‘q)
7. Usman Dembele (+4 pog‘ona)
8. Ashraf Hakimi (-3 pog‘ona)
9. Vinisius Zhunior (-1 pog‘ona)
10. Emerik Lyaport (-1 pog‘ona)
Shu bilan birga, jahon chempionati yarim final uchrashuvlari 14 va 15 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.

Fikrlar