"JCh-2026": O'zbekiston — Kolumbiya uchrashuvini qaysi telekanallar efirga uzatadi?

  • 18.06.2026 02:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan 2026 yildagi Jahon chempionatining guruh bosqich bahslari davom etmoqda. "K" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun mundialdagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi.

Vakillarimiz Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00'da start oladi. Uchrashuvni "Futbol TV" va "Zo‘r TV" telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, guruhning dastlabki uchrashuvida Portugaliya va Kongo terma jamoalari 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!