"JCh-2026 saralashi". O‘zbekiston va Erondan ikkitadan, 4-turning ramziy jamoasi bilan tanishing!

  • 16 oktabr, 2024, 12:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Osiyoda Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Guruhimimizdagi bahslar ham kutilgan va kutilmagan voqealarga boy bo‘ldi.

Qirg‘iz Respublikasi KXDRni qabul qildi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. O‘zbekiston terma jamoasi esa "Bunyodkor"da BAAni mehmon qildi va Shukurovning penaltidan kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Guruhimizdagi so‘nggi bahsda esa naqd 5 ta gol urildi.

Eron Dubayda Qatar bilan bahs olib bordi va 4:1 hisobida g‘olib bo‘ldi. Forslardan Sardor Azmun va Muhammad Mohebi dublni rasmiylashtirdi. 

Boshqa guruhlarda ham uchrashuvlar yakunlandi. "Sofascore" statistika portali 4-turning ramziy jamoasini tuzdi. Unga ko‘ra, Otabek Shukurov va Husniddin Aliqulov kuchli 11talikdan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!