
JCh-2026 uchun chiptalar narxi ochiqlandi
FIFA Jahon Chempionati-2026 chiptalari narxi qanday shakllanishini rasman ochiqladi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda. Turnir hali boshlanmagan, uning atrofida esa allaqachon qizg‘in munozaralar avj olmoqda - barchasi dinamik narx shakllanishi bilan bog‘liq yangilik tufayli. Endi chiptalar narxi talab va qolgan o‘rinlar soniga bog‘liq bo‘ladi: qiziqish qanchalik yuqori bo‘lsa, stadionga kirish shunchalik qimmat bo‘ladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, guruh bosqichi o‘yinining minimal narxi $60 bo‘ladi. Final esa juda qimmatga tushadi - 6 730 dollargacha. FIFAning qayd etishicha, qur’adan keyin narxlar o‘zgarishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, JCh-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi va tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, penaltilar seriyasida Frantsiya ustidan qozonilgan dramatik g‘alabadan so‘ng Qatarda bo‘lib o‘tgan JCh-2022 oltin medalini qo‘lga kiritgan Argentina terma jamoasi amaldagi chempionligicha qolmoqda.
Fikrlar