“JCh-2026”: Yaponiya so‘nggi daqiqalarda gol urib, Niderlandiyani g‘alabadan mahrum qildi

  • 15.06.2026 02:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari davom etmoqda. “F” guruhining 1-tur doirasida Niderlandiya va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Mazkur bellashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Dastlab 51-daqiqada Virgil van Deyk boshi bilan aniq zarba berib hisobni ochdi, 57-daqiqada Keyto Nakamura muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng 64-daqiqada Krisensio Sammervill o‘z qanotidan jarima maydoniga kirib borib, olis burchakka to'pni joylab qo'ydi — 2:1. Biroq asosiy vaqt yakunlanish arafasida Daychi Kamada ham o‘z nomini tabloda yozdirib qo'ydi — 2:2.

Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan qo‘lga kiritdi.

  • World - Jahon chempionati
  • Guruh bosqichi
18694.png

Niderlandiya

  • Virgil van Dijk  51'
  • Crysencio Summerville 64'
Tugadi
2 : 2

15.06.2026 01:00

18597.png

Yaponiya

  • Keito Nakamura 57'
  • Daichi Kamada 89'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!