JCh saralashi. Kolumbiya Boliviyani taslim etdi
JCh-2022 Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Kolumbiya - Boliviya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Bahsda gollarga Luis Dias, Migel Borxa va Mateus Uribe mualliflik qildi. Mehmonlar bu gollarga javob qaytara olmadi.
Bu natija orqali Kolumbiya ochkolari sonini 20 taga etkazib oldi. Jamoa jadvalda 6-pog‘onadan joy olgan.
Boliviya hisobida 15 ochko mavjud bo‘lib, ular 15-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar