ЖЧда ВАРнинг vakolatlari kengaytiriladi
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IBAF) futbol qoidalariga bir qator o‘zgartirishlar kiritdi, jumladan, VAR vakolatlarini kengaytirish. Hakamlarnig videoassistentlari ikkinchi sariq kartochka bilan bog‘liq vaziyatga aralasha oladi. Bu haqida BBC xabar bermoqda.
Shuningdek, VAR hakamlari maydonda hakam o‘yinchilarni chalkashtirib yuborgan taqdirda, xato sariq yoki qizil kartochkalarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zgarishlar 2026/2027 yildgi mavsumdan kuchga kiradi va AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yildgi jahon chempionatida qo‘llaniladi.
Qayd etilishicha, FIFA VAR vakolatlarini kengaytirish tarafdori bo‘lgan, ba’zi ligalar vakillari esa o‘yindagi pauzalar sonini oshirishi mumkin bo‘lgan choralarni qabul qilib bo‘lmasligini bildirgan.
Fikrlar