Jek Grilish tarixda ilk bor APLning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

  • 12.09.2025 16:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Jek Grilish tarixda ilk bor APLning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. 

30 yoshli futbolchi "Manchester Siti"dan "Everton"ga ijara asosida o‘tdi. 

Avgust oyida u Premer-liga doirasida 3 ta bellashuvda ishtirok etib, 4 ta assist muallifiga aylandi. 

U mazkur sovrin uchun kurashda Rikardo Kalafori ("Arsenal"), Yugo Ekitike va Dominik Soboslai (ikkalasi ham "Liverpul"), Mark Gexi ("Kristal Pelas"), Erling Xoland ("Manchester Siti"), Joao Pedro ("Chelsi") va Antuan Semenoni ("Bornmut") ortda qoldirdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!