
Jek Sok yarim finalda
Londonda ATR tomonidan o‘tayotgan yakuniy turnirda amerikalik Jek Sok yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritd.
U guruh bahslarida germaniyalik Aleksandr Zverevni uch setda 6:4, 1:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, Jek o‘zaro o‘yinlar hisobida ham oldiga o‘tib oldi. Shu kunga qadar ular 3 marotaba o‘yin o‘tkazib, ularning ikkitasida amerikalik tennischi g‘olib chiqqan bo‘lsa, bir marotaba germaniyalik Aleksandrning qo‘li baland kelgan.
Shu tariqa, yakuniy turnirda Jek Sok ikki yutuq va bir mag‘lubiyat bilan yarim finalga chiqdi.
Fikrlar