Jek Uilsher Azarning APLga qaytishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi

  • 11 noyabr, 2021, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Jek Uilsher "Real" futbolchisi Eden Azarning APLga qaytish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Tecno

Ayrim xorijiy nashrlarning yozishicha, belgiyalik yarim himoyachiga "Nyukasl" klubidan jiddiy qiziqishlar mavjud. Ushbu jamoaga yaqindagina Eddi Xau bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

"Azar butunlay boshqa darajadagi futbolchi, lekin menimcha, u Eddi Xau qo‘l ostida o‘ynashni yaxshi ko‘rardi. Bu siz o‘ynashni orzu qiladigan murabbiy ", – dedi Uilsher.

Eslatib o‘tamiz, Uilsher o‘z vaqtida "Bornmut"da aynan Eddi Xau qo‘l ostida to‘p surgan.

“Chelsi”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng “Real”ga o‘tgan Azar joriy mavsum “qirollik klubi”da 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!