
"Jenoa" bosh murabbiyi ham Superliga haqida fikr bildirdi
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi bosh murabbiyi Davide Ballardini Evropa Superligasi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Futbol bir qator insonlarning manfaatiga xizmat qilishini qabul qila olmayman. Men bolaligimda uni boshqacha tasavvur etardim. Bugun ko‘zlarim ko‘rayotgan haqiqatlarni anglab, bu men sevgan sport emas, degim keladi.
Men doim eng kuchlilar qatorida bo‘lish uchun intilib keldim. Ammo ko‘rdimki, futbolda ba’zi odamlar katta rol o‘ynaydi. Ko‘pchilik uchun bu oddiy holga aylanib ham ketgan.
Yana takrorlayman: ozchilik manfaati uchun xizmat qiladigan biznes - bu men bolaligimdan sevgan, ko‘ngil qo‘ygan sport emas", - dedi Ballardini.
Fikrlar