
"Jenoa" hujumchisi "Milan" uchun 25 million evroga tushishi mumkin
"Jenoa" safida ijarada to‘p surayotgan "Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakka qishki transfer oynasi vaqtida "Milan"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashriga ko‘ra, modenaliklar 21 yoshli forvardni 25 million evroga baholamoqda.
Agar ushbu transfer amalga oshidagan bo‘lsa, "Jenoa" "qora-yashillar"dan mavsumning ikkinchi yarmi uchun tovon puli talab qilmoqchi.
Skamakka genuyaliklar safida A Seriyada 11 ta o‘yinda 2 ta gol muallifi bo‘ldi. Uning "Sassuolo" bilan shartnomasi 2023 yil iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar