“Jenoa” muxlislari Shomurodovga shart qo‘ydi!

  • 20 dekabr, 2020, 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Italiya A Seriyasining navbatdagi turida “Jenoa” safar uchrashuvida liga debyutanti  “Benevento” bilan kuch sinashadi. Keyingi paytda jamoa o‘yini kuchayib borayotganidan mamnun bo‘layotgan genuyalik muxlislar bu uchrashuvdan faqat g‘alaba kutmoqda.

Shuningdek, keyingi paytda o‘yini ochilib borayotgan o‘zbekistonlik legioner Eldor Shomurodovga ham muxlislarning ishonchi ortib bormoqda. Ular Rolando Marandan o‘zbek hujumchisini asosiy tarkibda tushirishni so‘rab, buning evaziga  Eldor “Benevento” darvozasiga gol urishi shartligini aytmoqda.

131920275_4147684845242404_7931899221743243619_o_1

E’tiboringizga “Jenoa” muxlislarining Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarini havola etamiz.

Tommi Villa:

“Milan” bilan durangdan so‘ng, “Benevento” bizga to‘siq bo‘lolmaydi. Biz albatta yutamiz. Hujumchilarimiz o‘zini ko‘rsatadi. Shomurodov va Destrodan gol kutamiz!

Damiano Cannarile:

Boshlang‘ich tarkibda Shomurodov va Destro o‘ynasin. Ular eng kuchli futbolchilarimiz. Shomurodov katta summa tikilgan transferni oqlashi kerak.

Valentina Tito:

O‘tgan o‘yinda Shomurodovning gol urishi uchun ozgina omad etishmadi. Bu gal u gol urishiga ishonaman.

Giovanni Angelini:

“Milan”ga qarshi o‘ynagan tarkibni bugun ham maydonga tushirish kerak.  Ayniqsa, hujumda o‘ynagan futbolchilarni. Nihoyat, eng zo‘r hujum tandemini topdik.

Rosalba Santoro:

Maran bu gal ham Skamakkani zaxirada olib qolishiga umid qilaman. Shomurodov bugungi kunda boshlang‘ich tarkibga eng munosib futbolchi.

IMG_20201219_153714

Marco Rabbia:

“Milan” bilan o‘yinda Shomurodovni goldan Donnarumma to‘sib qoldi. “Benevento”da bunaqa darvozabon yo‘q. O‘zbekdan gol kutyapman.

Arianna Carlassare:

Shomurodov asosiy tarkibda o‘ynashi kerak. U dastlabki daqiqalardan maydonda  bo‘lishi shart. Bu o‘yinchi ko‘p foyda keltiryapti. U himoyada ham yordam beryapti va har bitta vaziyatda to‘p uchun oxirigacha kurashmoqda.

Gino Anna:

O‘zbekistonlik to‘purar tez orada gol ura boshlaydi. Oxirgi uchrashuvlardagi gol va golli vaziyatlarni yaratgani bunga dalil. “Milan”ga gol urishiga bir bahya qoldi. Darvozabon qutqardi. “Benevento”ga gol urishi aniq.

131890108_4147685285242360_4025541157088522275_o_2

Ko‘rinib turibdiki, Eldor Shomurodov o‘zining o‘yini bilan mutaxassislar ishonchini oqlab, muxlislar qalbidan joy olib bormoqda. Genuyaga kelganidan beri asosiy tarkibga munosib ekanini isbotlayapti. Hamyurtimiz avvaliga “Jenoa” yulduzi Goran Pandevni raqobatda ortda qoldirdi. Keyingi o‘yinlarda bosh murabbiy katta ishonch bildirayotgan Janluka Skamakkani zaxira o‘yinchisiga aylantirib qo‘ydi.

Bir necha o‘yin oldin, “Jenoa” hujumida Shomurodov va Skamakka juftligi o‘ynayotgan edi. Endi undan ham samarali usul topildi. Genuyaliklar jamoaning old chizig‘ida Shomurodov va Destro tandemini ko‘rishni istamoqda. Chunki bu hujumchilar A Seriya etakchisi va Evropada engilmas jamoaga aylangan “Milan” himoya chizig‘ini ojiz qoldira oldi.

"Benevento" va "Jenoa" o‘rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi

Shomurodov asosiy tarkib hujumchisi ekanini isbotladi!

Ronalduga o‘yin bermagan Shomurodov bugungi to‘qnashuvda engilmas “Milan”ni to‘xtatishi kerak!

Shomurodov haqida tanqidchilar fikrini o‘zgartiradigan 11 fakt!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!