
"Jenoa" Shevchenko o‘rniga 2 ta murabbiyni ko‘z ostiga olib qo‘ydi
"Roma", "Marsel" va "Lion" klublarining sobiq bosh murabbiyi Rudi Garsiya faoliyatini "Jenoa"da davom ettirishi mumkin.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga qaraganda, genuyaliklar 57 yoshli frantsiyalik mutaxassisni tez orada iste’foga chiqarilishi kutilayotgan Andrey Shevchenko o‘rniga munosib ko‘rmoqda.
“Jenoa” rahbariyatida Garsiya varianti amalga oshmana taqdirda "Shtutgart", "Gamburg", "Volfsburg", "Bayer" ap "Gerta" klublarida faoliyat yuritgan mutaxassis Bruno Labbadia bilan aloqaga chiqadi.
"Jenoa" ayni damda Italiya A Seriyasida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar