Jerrard o‘z shogirdi tufayli faoliyatini erta yakunlaganini aytdi
"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard birmingemliklar safiga qishda kelib qo‘shilgan Filippe Koutino borasida fikr bildirdi.
Filippening kayfiyati yaxshi bo‘lsa, u jahon darajasidagi futbolchiga aylanadi. Ehtimol, u tufayli men faoliyatimni bir-ikki mavsum ertaroq yakunlaganman", - dedi angliyalik mutaxassis.
Qayd etish lozim, Jerrard va Koutino 2013-2015 yillar oralig‘ida "Liverpul" sharafini himoyani qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik pleymeyker joriy mavsum APL doirasida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol hamda 3 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar