Jeydon Sancho yangi jamoa tanladi

  • 23 may, 2021, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” yulduzi Jeydon Sancho yozgi transferlar vaqtida Angliyaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Tecno

Iste’dodli yarim himoyachi Evropa chempionatidan so‘ng dortmundliklar safini tark etadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Sancho o‘ziga anchadan beri qiziqib kelayotgan “Manchester Yunayted” tarkibiga qo‘shilishni orzu qilmoqda.

“Borussiya” angliyalik futbolchining transferini 100 million evroga baholamoqda. Bu summa biroz pasaytirilishi mumkin. Manchesterliklar 21 yoshli yarim himoyachi uchun 75 million evro to‘lashga tayyorligini bildirmoqda.

Sancho joriy mavsumda Bundesligada 16 ta gol urib, 21 ta golli pas uzatdi. Uning dortmundliklar bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!