Jeyk Pol tashkil qilgan turnir "haqiqiy qirg‘in"ga aylandi!
Taniqli bokschi-bloger Jeyk Pol asos solgan "MVP MMA 01" turniri yakuniga yetdi.
Liga dastlabki janglar oqshomidayoq bizga shiddatli bahslarni namoyish etdi. Quyida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Ronda Rouzi 1 raundda Jina Karanoni sabmishn orqali mag‘lub etdi;
Mayk Perri va Neyt Dias jangi 2 raunddan so‘ng to‘xtatildi. Diasning burchagi bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qildi va g‘alaba Perriga berildi;
Frensis Ngannu 1 raunddayoq Filip Linsni nokaut qildi;
Saloҳiddin Parnas 1 raundda Kennet Krossni texnik nokautga uchratdi;
Robelis Despane 1 raundda Juniор dos Santosni nokaut evaziga mag‘lub etdi;
Namo Fozil 2 raundda Jeyk Babianni bo‘g‘ish usuli bilan yengdi;
Adriano Moraes 3 raundda Fumi Nkuta ustidan sabmishn evaziga g‘alaba qozondi;
Jeyson Jekson 1 raunddayoq Jef Kraytonni nokaut qildi;
David Mgoyan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Albert Moralesni taslim etdi (29–28, 30–27, 30–27);
Alin Perreyra ochkolar evaziga Jeyd Masson-Vongdan ustun keldi (29–28, 27–30, 29–28);
Kris Avila hakamlarning yakdil qarori bilan Brendon Jenkinsni taslim etdi (29-28, 28-29, 29-28).

Fikrlar