
Jeymi Karrager Chempionlar ligasi ramziy terma jamoasiga Ronalduni kiritmadi
“Liverpul” klubi sobiq sardori Jeymi Karrager Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.
Lekin, qoidaga ko‘ra ushbu jamoaga bir klub va bir terma jamoadan bittadan ortiq futbolchi kiritilmasligi kerak. Ammo, bir futbolchi bir nechta jamoa sifida ushbu kubokni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, unda istesno qilinishi mumkin.
Darvozabon: Petr Chex ("Chelsi", Chexiya);
Himoyachilar: Moreno Torrichelli ("Yuventus", Italiya), Yurgen Koler ("Borussiya Dortmund", Germaniya), Fernando Yerro ("Real", Ispaniya), David Alaba ("Bavariya", Avstriya);
Yarim himoyachilar: Dide Desham ("Marsel", Frantsiya), Stiven Jerrard ("Liverpul", Angliya), Klarens Zeedorf ("Ayaks", Niderlandiya), Kaka ("Milan", Braziliya);
Hujumchilar: Lionel Messi ("Barselona", Argentina), Samuel Eto′O ("Inter", Kamerun).
Zaxira: Deku ("Portu", Portugaliya);
Bosh murabbiy: Aleks Fergyuson ("Manchester Yunayted", Shotlandiya).
Fikrlar