Asosiy mazmunga oʻtish

Jeyms Milner APLda tarixiy rekord o‘rnatdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

O‘z vaqtida ligada 653 ta o‘yin o‘tkazgan Garet Berri ortda qoldi

"Brayton" yarim himoyachisi Jeyms Milner "Brentford"ga qarshi Premier-liga oʻyiniga ilk daqiqalardan maydonga tushdi. 40 yoshli Milner uchun bu Angliya top-divizionidagi 654-oyin boʻldi.

Bu APLdagi oʻyinlar soni boʻyicha yangi rekord boʻlib, oʻz vaqtida ligada 653 ta oʻyin oʻtkazgan Garet Berri ortda qoldi.

Milner Premier-ligada "Lids", "Nyukasl", "Aston Villa", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Brayton" klublarida oʻynagan. APL darajasida Jeyms 56 ta gol urdi va sheriklariga 87 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Brayton" ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida 14-urinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q