
Jezus: Agueroning yoshi o‘tdi, endi mening davrim keldi
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus yaqin vaqtlar ichida "shaharliklar"ning asosiy hujumchisi bo‘lishini aytib o‘tdi.
"Serxio har o‘yinda o‘zining darajasi va tajribasi evaziga gol kiritishi mumknligini yaxshi bilaman. U maydonda o‘ynayotganida doimo gol kiritishini istayman.
Men ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayman, ammo amalda biroz boshqacha bo‘lmoqda. Bizda ko‘plab futbolchilar, zo‘r futbolchilar bor. Maydonda bo‘lgan vaqtim undan rohat olishga harakat qilaman. Biroq shuni bilamanki, Aguero yosh emas va o‘ylashimcha, mening davrim keldi", - dedi braziliyalik forvard.
Fikrlar