
Jiru bir mavsumda evrokuboklarda gol urish bo‘yicha frantsuz futbolchilari orasida rekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor kecha Boku shahrida Evropa ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi bahsda Londonning ikki grandi – “Chelsi” hamda “Arsenal” o‘zaro bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan o‘yinda “aristokratlar” hamshaharlariga hech qanday imkon qoldirishmadi va 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Shu kuni uchrashuvdagi hisobni “Chelsi” forvardi Olive Jiru o‘z goli bilan ochib berdi va o‘zining joriy mavsum Evropa ligasidagi gollari sonini 11taga etkazib oldi. E’tiborlisi, u shu tariqa bir mavsumda evrokuboklarda eng ko‘p gol urgan frantsiyalik futbolchiga aylanib oldi.
Ma’lumot uchun, bu boradagi rekordchi Jyust Fonten hisoblanar edi. U 1958/59 yilgi mavsumda "Reyms" safida qit’a birinchiligida o‘z nomiga 10ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar