
Jiru qishda A Seriya klubiga o‘tishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi va Frantsiya terma jamoasi forvard Olive Jiru faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
L’Equipe nashrining yozishicha 33 yoshli futbolchi ayni damda “neradzurrilar” bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu transfer davralar oralig‘idayoq amalga oshirilishi kutilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Jiru Temmi Abraxam va Misha Batshuayilar sabab asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani uchun ham “Chelsi”dan ketmoqchi. Biroq, u "Inter"da ham uchinchi darajali hujumchi vazifasini bajarishi mumkin. Chunki, “Inter”da Romelu Lukaku va Lautaro Martines kabi hujumchilar bor.
Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar