Jiruning qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

  • 15 yanvar, 2020, 16:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi forvardi Olive Jiru tez orada "Inter"ga o‘tadi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 33 yoshli frantsiyalik futbolchi bir necha kundan so‘ng “neradzurrilar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Inter” Jiruga 2022 yilga qadar tuzilgan shartnoma va uning transferi uchun “aristokratlar”ga 4,5 mln evro taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Jiru yozda erkin agentga aylanadi, biroq, “Inter” uni yanvardayoq sotib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!