
Jizzax viloyati hokimi futzal o‘ynadi (foto)
Ayni kunlarda Jizzax shahrida futzal bo‘yicha Oliy liga 12-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun Jizzaxning "HUAXIN Jizzax" jamoasi "Stroitel-Zarafshon" klubi bilan bahs olib bormoqda.
Birinchi bo‘limdan so‘ng mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritmoqda. E’tiborlisi, "HUAXIN Jizzax" jamoasi safida viloyat hokimi Ergash Soliev to‘p tepmoqda. U bugun o‘zining debyut bahsinii o‘tkazyapti.
Fikrlar